Huquqbuzar tomonidan jarima summasi ixtiyoriy ravishda toʻlanmagan taqdirda, vakolatli organ jarimani undirish toʻgʻrisidagi arizani sudga belgilangan tartibda besh ish kuni ichida kiritadi. Sudning jarimani undirish toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarorini ijro etish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.