Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi besh yilda kamida bir marta ushbu Qonunda nazarda tutilgan har bir litsenziyalash tartibi, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomilining uni qoʻllash natijasida erishilgan maqsadlar, ijtimoiy-iqtisodiy, innovatsion va texnologik rivojlanishning joriy holati, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining xarajatlari baholangan holda qayta koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.