Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi: vakolatli organlar tomonidan litsenziyalash tartibi, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillariga rioya etilishi amaliyotini oʻrganadi hamda uning tahlilini amalga oshiradi; davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan litsenziyalash tartibi, ruxsat berish hamda xabardor qilish tartib-taomillariga rioya etilishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradi, shu jumladan maxsus elektron tizim orqali amalga oshiradi; litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi qonunchilikni hamda huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.