Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida 16-1-modda. Xalq deputatlari Kengashining raisi

Xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan saylanadigan rais boshchilik qiladi. Viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning oʻzida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining raisi etib saylanishi mumkin emas. Xalq deputatlari Kengashi raisi Kengashning vakolatlari muddatiga saylanadi. Xalq deputatlari Kengashi raisi oʻz vazifalarini bajarish davrida siyosiy partiyaga aʼzolikni toʻxtatib turadi, shuningdek doimiy va boshqa komissiyalar, partiya guruhlari tarkibiga kirishi mumkin emas.