Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga muvofiq viloyat, tuman, shahar aholisi tomonidan saylanadigan xalq deputatlaridan iborat boʻladi. Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari muddati — besh yil. Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida joriy etilgan favqulodda holat amal qilishining butun muddati ichida xalq deputatlari Kengashlariga saylovlar oʻtkazilmaydi.