Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida 20-1-modda. Xalq deputatlari Kengashlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligi

Xalq deputatlari Kengashlari nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi. Xalq deputatlari Kengashlari hududiy dasturlarning, Kengash qarorlarining loyihalarini ishlab chiqish masalalari yuzasidan, shuningdek ularning ijrosi ustidan nazorat borasida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi.