Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida 29-modda. Hokimning prokuror protest bildirgan qarorlari qayta koʻrib chiqilishi majburiyligi

Hokimning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlariga zid, prokuror protest bildirgan qarorlari shu hokimning oʻzi tomonidan yoki yuqori turuvchi hokim yoinki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, zaruratiga qarab esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qayta koʻrib chiqiladi.