Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi davlat mulkini chegaralash natijasida oʻziga berilgan yoki qonunchilikka muvofiq oʻzi sotib olgan obyektlarga nisbatan mulkdor vakolatlarini toʻliq amalga oshiradi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining mol-mulki, mahalliy budjetlarning mablagʻlari va budjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlari viloyat, tuman, shahar mulkidir. Viloyat, tuman, shahar ahamiyatiga ega boʻlgan muhandislik infrastrukturasi obyektlari va boshqa obyektlar, korxonalar va birlashmalar, xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy taʼminot, fan va madaniyat muassasalari, viloyat, tuman, shahar mablagʻi hisobidan tashkil etilgan yoki sotib olingan, shuningdek ulushbay asoslarda tashkil etilgan yoki sotib olingan yoxud xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga boshqa manbalardan bepul berilgan qimmatli qogʻozlar va moliya aktivlari viloyat, tuman, shahar mulki boʻlishi mumkin.