Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 114-modda. Temir yoʻl transporti vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish

Zarurat boʻlmay turib, oʻzboshimchalik bilan poyezdni toʻxtatish — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Yuk poyezdlarida oʻzboshimchalik bilan yurish, poyezd yurib ketayotganda poyezdga chiqish va poyezddan tushish, vagonlarning zinapoyalarida va tomlarida ketish — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.