Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 125-modda. Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish

Haydovchilarning transport vositalarini boshqarish va yoʻlovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga, xuddi shuningdek mototsikl va mopedlar haydovchilarining motoshlemlardan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi, — maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Haydovchilarning belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan yoxud foydalanish man etiladigan darajada nosozligi boʻlgan yoki qonunchilikda belgilangan tartibda favqulodda vaziyatda oynani sindirish uchun foydalaniladigan bolgʻacha bilan jihozlanmagan, oʻt oʻchirgich, tibbiyot qutichasi, avariya holatida toʻxtaganligini bildiruvchi belgi va nur qaytargichli kamzul bilan butlanmagan, xuddi shuningdek ishlayotganida tashqariga chiqarayotgan ifloslantiruvchi moddalarning miqdori, shuningdek shovqin darajasi belgilangan normalardan ortiq boʻlgan transport vositalarini boshqarishi, — maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Haydovchilarning tormoz tizimida, rul boshqaruvida yoki ulovchi qurilmada nosozligi boʻlgan yoxud tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boshqarishi, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Xalqaro avtomobil tashuvlarini hamda M3 va N3 toifali avtotransport vositalarida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharlararo (400 km va undan ortiq masofada) tashishni raqamli nazorat uskunalarisiz (taxografsiz, nosoz taxografdan foydalangan holda yoki taxografni oʻchirib qoʻygan holda, haydovchining taxografda foydalaniladigan kartaga ega boʻlmagan holatida) amalga oshirish, shuningdek xalqaro va shaharlararo avtomobil tashuvlarini amalga oshirishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini buzishi, — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Foydalanish belgilangan tartibda ma