Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 128-1-modda. Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi

Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi (bundan telefondan quloqchinlar orqali va qoʻllarni ishlatmasdan turib soʻzlashuvlar olib borish imkoniyatini beradigan boshqa uskunalar orqali foydalanish mustasno), — maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.