Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 132-modda. Kema haydovchilarining kemalarni yoki kichik hajmli kemalarni mast holda boshqarishi

Kema haydovchilari tomonidan kemalarni yoki kichik hajmli kemalarni mast holda boshqarish, shuningdek kemalarni yoki kichik hajmli kemalarni boshqarishni alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik vositasi taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast holdagi shaxslarga topshirish, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga yoxud kema haydovchilarini kemani yoki kichik hajmli kemani boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum etishga sabab boʻladi.