Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 153-modda. Aloqa xizmatining sifatiga doir normalar va davlat standartlarini buzish

Aloqa xizmatining sifatiga doir normalar va davlat standartlarini, davlat aloqa tarmogʻi bilan bogʻlanadigan simli elektr aloqa vositalarining, radionurlanishlarining parametrlarini buzish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.