Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 17-1-modda. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun shaxslarning maʼmuriy javobgarligi

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali ushbu Kodeks 125-moddasining birinchi (xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaslikka oid qismida), beshinchi va oltinchi qismlarida , 128 (bundan ushbu moddaning yoʻlning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilangan talablarga rioya etmaslikka, tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishga, yoʻlovchilarga yoki piyodalarga loyqa sachratishga oid qismlari mustasno), 128¹ , 128³ , 128⁴ , 128⁵ , 128⁶ , 128⁷ , 128⁹ , 128¹⁰ , 129 va 130-moddalarida , 135-moddasining ikkinchi (transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlmagan shaxslarga taalluqli qismida) va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar qayd etiladi. Maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali yoʻl harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, maʼmuriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori yoki mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalangan shaxs tortiladi. Yuridik shaxsga qonunchilikka muvofiq tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, maʼmuriy javobgarlikka yuridik shaxsning transport vositasidan foydalanish uchun masʼul boʻlgan shaxsi yoki mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalangan shaxs tortiladi. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yoʻl harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, huquqbuzarlikning takroriyligi hisobga olinmaydi, ushbu Kodeks 321-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno. Agar maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror ustidan berilgan shikoyatni koʻrib chiqish jarayonida tegishli transport vositasiga huquqbuzarlik qayd etilgan paytda egalik qilgan shaxs aniqla