Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 187-1-modda. Jamoat joylarida giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni isteʼmol qilish

Jamoat joylarida giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni isteʼmol qilish, bundan retsept asosida tibbiy maqsadlarda isteʼmol qilish mustasno, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — qirq baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.