Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 195-2-modda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining foto- va (yoki) videotasvirini ularning obroʻsizlantirilishiga olib keladigan tarzda buzib tarqatish

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha xizmat vazifalarini bajarayotgan paytda olingan foto- va (yoki) videotasvirini ularning obroʻsizlantirilishiga olib keladigan tarzda buzib tarqatish, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.