Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 198-3-modda. Vazirliklar va idoralarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlarini amalga kiritish

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlarni vazirliklar va idoralarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga kiritish, — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.