Ruxsat etilmagan yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari va namoyishlar qatnashchilariga binolar yoki boshqa mulk (aloqa vositalari, koʻpaytiradigan va boshqa xil texnik uskunalar, transport)ni berish yoki shunday tadbirlarni oʻtkazish uchun boshqa sharoitlarni yaratish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa bazaviy hisoblash miqdorining — yetmish baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.