Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 226-modda. Chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini buzish

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishni soʻrab murojaat etishning belgilangan tartibini buzish — qonunga xilof ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Belgilangan tartibni buzgan holda chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.