Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 227-6-modda. Bojxona nazorati ostida turgan kema va boshqa suzuvchi vositalar yoniga kelib toʻxtash

Kemalar va boshqa suzuvchi vositalarning bojxona nazorati ostida turgan kema va boshqa suzuvchi vositalar yoniga bojxona organining ruxsatisiz kelib toʻxtashi, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.