Nodavlat notijorat tashkilotlari (bundan diniy tashkilotlar mustasno), shuningdek ularning vakolatxonalari va filiallarining davlat roʻyxatidan oʻtmasdan faoliyatni amalga oshirishi, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari hamda ularning chet el fuqaroligi boʻlgan va fuqaroligi boʻlmagan xodimlarining, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqaroligi boʻlgan va fuqaroligi boʻlmagan xodimlarining biror-bir siyosiy faoliyatda hamda mazkur nodavlat notijorat tashkilotlarining ustavlarida belgilangan maqsadlari va vazifalariga muvofiq boʻlmagan boshqa faoliyatda ishtirok etishi, xuddi shuningdek ularning siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar tomonidan oʻtkaziladigan amaliy harakatlar hamda tadbirlarni moliyalashtirishi, bunday tashkilotlarni tuzish tashabbusi bilan chiqishi va bunday tashkilotlarni tuzishni qoʻllab-quvvatlashi, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi. Nodavlat notijorat tashkilotlarining belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan ramziy belgilarni ishlatishi, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Nodavlat notijorat tashkilotlari (bundan siyosiy partiyalar mustasno), ularning vakolatxonalari va filiallari tomonidan tadbirlar oʻtkazish haqida xabardor qilish tartibiga rioya etmaslik yoki qonunchilikda taqiqlangan tadbirlar oʻtkazish, xuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari oʻtkazayotgan tadbirlarga roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ vakilining erkin kirishini rad etish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yi