Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 241-5-modda. Litsenziyalash toʻgʻrisidagi qonunchilikni va ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish

Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berishning belgilangan tartibi hamda muddatlarini buzish, shu jumladan litsenziyalarning va ruxsat berish tartib-taomillarining yangi turlarini qonunga xilof ravishda joriy etish, — mansabdor shaxslar va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.