Bayonnoma boshqa hujjatlar va ish boʻyicha dalillar bilan birga huquqbuzarlik sodir etilgan yoki aniqlangan paytdan boshlab uch sutkadan kechiktirmay maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan organ (mansabdor shaxs)ga yuboriladi. Ish boʻyicha ekspertiza tayinlangan, yetkazilgan zararni baholash choralari koʻrilgan, haydovchilik guvohnomasini olganlik toʻgʻrisida soʻrovlar joʻnatilgan hollarda bayonnoma ushbu hujjatlar kelib tushgan paytdan eʼtiboran uch kun ichida maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan organga (mansabdor shaxsga) yuboriladi. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomaga quyidagilar ilova qilinadi: 1) maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning koʻchirma nusxasi; 1¹ ) mavjud boʻlgan taqdirda — jabrlanuvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami yoki yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami; 2) ichki ishlar organlarining maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ilgari maʼmuriy javobgarlikka tortilganligi fakti mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi; 3) maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning tushuntirishi; 4) jabrlanuvchining, guvohlarning koʻrsatuvlari, ekspertning xulosasi, agar ular mavjud boʻlsa; 5) maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilganligi faktini tasdiqlovchi boshqa materiallar; 6) ushbu Kodeks 269³-moddasining birinchi , uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha jabrlanuvchining arizasi. Ushbu Kodeksning 133 va 134-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi bayonnomaga ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi: 1) haydovchilik guvohnomasi, transport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning va ishonchnomaning koʻchirma nusxasi; 2) sugʻurta polisining koʻchirma nusxasi (mavjud boʻlgan taqdirda); 3) alkogolli ichimlik