Dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashda maslahatlar (tushuntirishlar) berish yoʻli bilan koʻmaklashish hamda ilmiy-texnika vositalarini qoʻllashda yordam berish maqsadida fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilim va koʻnikmaga ega boʻlgan, ishning yakunidan manfaatdor boʻlmagan voyaga yetgan shaxs mutaxassis sifatida jalb etilishi mumkin. Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar mutaxassis sifatida jalb qilinishi mumkin emas. Mutaxassis: maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishning tekshirish mavzusiga doir materiallari bilan tanishish, ulardan zarur maʼlumotlarni yozib olish yoki koʻchirma nusxalar olish; maslahatlar (tushuntirishlar) berish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar va oʻrganish obyektlarini taqdim etish toʻgʻrisida iltimosnomalar berish; maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish oʻz ish yurituvida boʻlgan organning (mansabdor shaxsning) ruxsati bilan ishni koʻrib chiqish chogʻida hozir boʻlish, javobgarlikka tortilayotgan shaxsga, jabrlanuvchiga, guvohlarga tekshirish mavzusiga taalluqli savollar berish; ashyoviy, yozma, raqamli dalillarni va hujjatlarni koʻzdan kechirish; oʻz maslahatlari (tushuntirishlari) maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan notoʻgʻri talqin qilinganligi xususida maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan fikr-mulohazalar bildirish; agar u maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, ona tilida maslahat berish va tushuntirishlarini bayon qilish hamda bu holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish oʻz ish yurituvida boʻlgan organning (mansabdor shaxsning) qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ushbu mutaxassisning huquqlari va erkinliklarini buzsa, mazkur organning qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish huquqiga ega. Mutaxassis: oʻziga taqdim