Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 324-30-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) koʻrib chiqmasdan qaytarish

Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) quyidagi hollarda koʻrib chiqilmasdan qaytariladi, agar: 1) shikoyat (protest) ushbu Kodeksning 324²⁷-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa; 2) shikoyat (protest) ushbu Kodeksning 324²⁴ va 324²⁵-moddalarida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan berilmagan boʻlsa; 3) shikoyat (protest) belgilangan muddat oʻtkazilib berilgan boʻlsa; 4) taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) qaytarib olish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan boʻlsa; 5) maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish taftish tartibida koʻrilishi lozim boʻlmasa. Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) bergan shaxs takroran umumiy asoslarda murojaat qilishga haqlidir.