Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 324-41-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻradigan sudlar

Birinchi instansiya sudi tomonidan chiqarilgan, qonuniy kuchga kirgan qaror yangi ochilgan holatlar boʻyicha ushbu qarorni chiqargan jinoyat ishlari boʻyicha sud tomonidan qayta koʻriladi. Yangi ochilgan holatlar boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining qaysi qarorlari bilan sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan boʻlsa, oʻsha qarorlarni qayta koʻrish sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi qaror qabul qilingan instansiyada amalga oshiriladi.