Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 329-modda. Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosini tugatish

Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisida qaror chiqargan organ (mansabdor shaxs) quyidagi hollarda uning ijrosini tugatadi: 1) amnistiya akti eʼlon qilinib, u maʼmuriy jazo chorasini qoʻllanishni yoʻq qilsa; 2) maʼmuriy javobgarlikni belgilovchi normativ hujjat bekor qilingan boʻlsa; 3) ustidan qaror chiqarilgan shaxs vafot etgan boʻlsa.