Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 342-modda. Ov qilish huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish tartibi

Ov qilish huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi qaror ovchilik biletini olib qoʻyish yoʻli bilan ijro etiladi. Ov qilish huquqidan mahrum etilgan shaxs ovchilik biletini topshirishdan boʻyin tovlagan taqdirda ov qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar ovchilik biletini belgilangan tartibda olib qoʻyadilar.