Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 5-modda. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik sohasida Qoraqalpogʻiston Respublikasining vakolatlari

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik sohasida quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi ixtiyoriga beriladi: jamoat tartibini saqlash masalalari boʻyicha, basharti bu masalalar ushbu Kodeks bilan tartibga solinmagan boʻlsa, shuningdek tabiiy ofatlar va epidemiyalarga qarshi kurash masalalari boʻyicha maʼmuriy javobgarlik belgilash; ushbu Kodeksning 90 , 109 , 110 , 161-moddalariga , 164-moddasining ikkinchi qismiga , 168-moddasiga binoan buzilishi maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladigan qoidalarni belgilash.