Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 89-1-modda. Ishlatish taqiqlangan va ishga yaroqsiz boʻlib qolgan kimyoviy moddalarni zararsizlantirish qoidalarini buzish

Ishlatish taqiqlangan va ishga yaroqsiz boʻlib qolgan kimyoviy moddalarni tegishli ruxsatnomasiz, xuddi shuningdek ruxsatnomada koʻrsatilgan shartlarni buzgan holda zararsizlantirish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.