Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 101-modda. Ish yuritishni toʻxtatib turish muddatlari

Ish yuritish: 1) ushbu Kodeks 99-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — tegishli sudning sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga yoki tergov harakatlari tugallanguniga qadar; 2) ushbu Kodeks 99-moddasining 2 va 3-bandlarida va 100-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan hollarda — ishda ishtirok etuvchi shaxsning huquqiy vorisi aniqlanguniga, muomalaga layoqatsiz shaxsga vakil tayinlanguniga, yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtguniga qadar; 3) ushbu Kodeks 100-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — sud tomonidan ekspertiza xulosasi olinguniga qadar; 4) ushbu Kodeks 100-moddasining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda — ish yuritishni toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan holat bartaraf etilguniga qadar toʻxtatib turiladi.