Sud quyidagi hollarda sud muhokamasini keyinga qoldirishga haqli: agar sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxs sud majlisiga kela olmasligi sabablarini asoslagan holda sud muhokamasini keyinga qoldirish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilgan boʻlsa va basharti ushbu shaxsning ishtirokisiz ishni koʻrish mumkin boʻlmasa; ishda ishtirok etuvchi shaxsning oʻz vakili sud majlisiga uzrli sababga koʻra kela olmaganligi munosabati bilan qilgan iltimosnomasi boʻyicha; sud protsessi ishtirokchilaridan birortasi, agar sud ishni uning ishtirokisiz koʻrish mumkin emas deb hisoblasa, kelmagan taqdirda; tarafning qoʻshimcha dalillar taqdim etish zarurati bilan bogʻliq holda sud muhokamasini keyinga qoldirish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi boʻyicha; sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilayotganda videokonferensaloqa oʻrnatish imkoni boʻlmagan taqdirda; taraf nizoni kelishuv yoʻli bilan hal qilish maqsadida sudga koʻmaklashishni soʻrab murojaat etgan taqdirda, tarafning iltimosnomasiga koʻra. Sud sudning majlisida ishni koʻrish mumkin boʻlmagan boshqa hollarda ham sud muhokamasini keyinga qoldirishga haqli. Sud muhokamasi uni keyinga qoldirishga asos boʻlib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan muddatga, ushbu Kodeksda sud muhokamasi uchun belgilangan muddat doirasida keyinga qoldirilishi mumkin. Sud muhokamasini keyinga qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Agar sud majlisida taraflar hozir boʻlsa, sud kelgan guvohlarni sud muhokamasi keyinga qoldirilguniga qadar soʻroq qilishga haqli. Bu guvohlarning koʻrsatuvlari yangi sud majlisida oʻqib eshittiriladi. Ushbu guvohlarni yangi sud majlisiga takroran chaqirish faqat zarur hollarda amalga oshiriladi. Ishda ishtirok etuvchi, ammo sud majlisiga kelmagan shaxslar ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda yangi sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar