Agar sud muzokaralari vaqtida yoki keyin qoʻshimcha holatlarni aniqlash yoki yangi dalillarni tekshirish zarur deb topsa, u dalillarni tekshirishni tiklaydi, bu haqda sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi. Dalillarni qoʻshimcha tekshirish tugaganidan keyin sud muzokaralari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.