Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 161-modda. Hal qiluv qarorining koʻchirma nusxalarini yuborish

Sud hal qiluv qarorining koʻchirma nusxalarini topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali ishda ishtirok etuvchi shaxslarga hal qiluv qarori eʼlon qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida yuboradi yoki tilxat olib topshiradi, ushbu shaxslarning elektron pochta manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa hal qiluv qarori elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda sud hal qiluv qarorining koʻchirma nusxalarini boshqa shaxslarga ham yuboradi.