Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 171-modda. Ajrimning koʻchirma nusxalarini yuborish

Sud alohida sud hujjati tarzida ajrim chiqargan taqdirda, ajrim chiqarilganidan keyin besh kunlik muddatda uning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrim daxldor boʻlgan boshqa shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa ajrim elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.