Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 178-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish tartibi

Fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga daxldor boʻlgan, vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni (bundan buyon matnda idoraviy normativ-huquqiy hujjat deb yuritiladi) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishlar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalar boʻyicha, mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda koʻriladi.