Maʼmuriy organlarning va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlar sud tomonidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga koʻra, mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda koʻrib chiqiladi. Maʼmuriy organlarning va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlar, agar ularni koʻrib chiqish qonun bilan boshqa davlat organlarining vakolatiga kiritilmagan boʻlsa, sudda koʻrib chiqiladi. Maʼmuriy organlarning va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish fuqarolar yoki yuridik shaxslarning (bundan buyon matnda manfaatdor shaxs deb yuritiladi) arizalari asosida qoʻzgʻatiladi.