Ishni birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan boʻlsa, shu ishni birinchi instansiya sudida yangidan koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas, bundan yangi ochilgan holatlar boʻyicha ishlarni koʻrish hollari mustasno. Ishni birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas. Ishni apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas. Ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas. Ishni taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda, shuningdek ishni yuqori turuvchi sud tomonidan taftish tartibida qayta koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas.