Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish masalasi shikoyat (protest) ish bilan birga sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay apellyatsiya instansiyasi sudi sudyasi tomonidan yakka tartibda hal qilinadi. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki uni qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.