Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 208-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish

Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish boʻyicha sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi.