Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 222-modda. Birinchi instansiya sudining qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti)

Birinchi instansiya sudining qarori ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish uchun nazarda tutilgan tartibda apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻriladi.