Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 256-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish

Taftish instansiyasi sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar: 1) shikoyat (protest) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; 2) shikoyat (protest) qonuniy kuchga kirmagan yoki qonunga muvofiq taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; 3) shikoyat (protest) Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; 4) shikoyat (protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudida, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida koʻrilmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; 5) shikoyat (protest) ishni taftish tartibida koʻrayotgan sud tomonidan ilgari koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; 6) shikoyatni (protestni) berish muddati oʻtkazib yuborilgan va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash rad etilgan boʻlsa; 7) taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs undan voz kechganligi, protest chaqirib olinganligi sababli shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim mavjud boʻlsa, bundan Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining shikoyatdan voz kechilganligi, protest chaqirib olinganligi sababli taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) mustasno. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuriti