Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 265-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha sud hujjatlarining ijrosini toʻxtatib turish

Ishni taftish tartibida koʻrayotgan sud (sudya) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, sud hujjatining ijrosini taftish tartibida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turishga haqli. Sudya taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda sud hujjatining ijrosini toʻxtatib turish toʻgʻrisida yoki uning ijrosini toʻxtatib turish rad etilishi haqida koʻrsatadi.