Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 266-2-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish

Ishni taftish tartibida koʻrayotgan sud taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar: 1) shikoyat (protest) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; 2) shikoyat (protest) Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilmagan sud hujjati ustidan berilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibida koʻrilmagan yoki ushbu Kodeksga muvofiq taftish tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa; 3) shikoyat (protest) taftish tartibida ushbu sud tomonidan koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan va xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa; 4) shikoyat bergan shaxs tomonidan shikoyatdan voz kechish toʻgʻrisida shikoyat ish yuritishga qabul qilinganidan keyin ariza kelib tushgan boʻlsa va voz kechish taftish instansiyasi sudi tomonidan qabul qilingan boʻlsa; 5) protest keltirgan prokurordan yoki yuqori turuvchi prokurordan protestni chaqirib olish toʻgʻrisida protest ish yuritishga qabul qilinganidan keyin ariza kelib tushgan boʻlsa; 6) ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs shikoyat (protest) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar tugatilgan boʻlsa; 7) ishda taraf boʻlgan fuqaro shikoyat (protest) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 171-moddasida naza