Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibidagi shikoyat (protest) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan taftish tartibidagi shikoyat (protest) u koʻrib chiqish uchun oʻtkazilgan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi. Alohida hollarda, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish muddati ishni koʻrayotgan sudlov hayʼati tomonidan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga kelib tushgan taftish tartibidagi protest u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki oydan kechiktirmay koʻrilishi kerak.