Agar ijro etilgan sud hujjati oʻzgartirilib yoki bekor qilinib, bildirilgan talabni toʻliq yoki qisman rad etish toʻgʻrisida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoki ariza (shikoyat) koʻrmasdan qoldirilsa, bekor qilingan yoki tegishli qismi oʻzgartirilgan sud hujjati boʻyicha arizachining foydasiga undirilgan hamma narsa javobgarga qaytariladi. Agar ijro etilmagan sud hujjati bekor qilinib yoki oʻzgartirilib, bildirilgan talabni toʻliq yoxud qisman rad etish toʻgʻrisida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoki ariza (shikoyat) koʻrmasdan qoldirilsa, sud bekor qilingan yoki tegishli qismi oʻzgartirilgan sud hujjati boʻyicha undirishni toʻliq yoki qisman bekor qilish haqida sud hujjatini qabul qiladi.