Sud majlisi vaqtida sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sud majlisining kotibi vazifalarini bajaradi. Sud majlisining kotibi maʼmuriy ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash uchun zarur boʻlgan harakatlarni amalga oshiradi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud muhokamasining vaqti va joyi haqida xabardor qiladi hamda ularning sudga kelgan-kelmaganligini tekshiradi, kelmaganligi sabablarini aniqlashtiradi va bu haqda sudyaga maʼlum qiladi, bajarilayotgan protsessual harakatlar boʻyicha bayonnoma yuritadi, sudyaning sud majlisiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish, shuningdek sud hujjatini ijroga yuborish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa topshiriqlarini bajaradi.