Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 63-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va ular vakillarining vakolatlarini tekshirish

Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va ular vakillarining vakolatlarini tekshirishi shart. Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va ular vakillarining vakolatlarini tan olish va ularning sud majlisida ishtirok etishiga ruxsat berish toʻgʻrisidagi masalani mazkur shaxslar sudga taqdim etgan hujjatlarni tekshirish asosida hal etadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va ular vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi, zarur boʻlganda esa ularning koʻchirma nusxalari ishga qoʻshib qoʻyiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxs, uning vakili oʻz vakolatlarini tasdiqlash uchun zarur hujjatlarni taqdim etmagan yoki qonunchilik talablariga muvofiq boʻlmagan hujjatlarni taqdim etgan taqdirda, sud tegishli shaxsning ishda ishtirok etishga oid vakolatlarini tan olishni rad etadi, bu haqda sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi.