Sud hal qiluv qarori, ajrim, qaror shaklidagi sud hujjatlarini qabul qiladi. Birinchi instansiya sudida ishni mazmunan koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarori, qaror qabul qilinadi. Apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlarini (protestlarini) koʻrish natijalari boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari sudlari tomonidan qarorlar qabul qilinadi. Qonunchilik bilan sudlarning vakolatiga kiritilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qilinadi. Ish mazmunan hal etilmasdan qabul qilinadigan sud hujjatlari ajrimlar shaklida chiqariladi.