Zarur dalillarni taqdim etish mumkin boʻlmay qoladi yoki qiyinlashadi deb hisoblashga asosi boʻlgan shaxslar ishni oʻz yurituviga qabul qilgan suddan ushbu dalillarni taʼminlash toʻgʻrisida iltimos qilishi mumkin. Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizada taʼminlanishi zarur boʻlgan dalillar, tasdiqlanishi uchun ushbu dalillar zarur boʻlgan holatlar, dalillarni taʼminlash toʻgʻrisida arizachini iltimosnoma bilan murojaat qilishga undagan sabablar koʻrsatilishi kerak. Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi masala ushbu Kodeksning 95-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.